Dani Karvaxal va Alvaro Morata jahon chempionatiga bormaydi
De le Fuente tajribali futbolchilardan ko‘ra, yaxshi sport formasidagi futbolchilarni jahon chempionatiga olib borishni ma’qul ko‘rmoqda.
"Real" himoyachisi Dani Karvaxal va "Komo" hujumchisi Alvaro Morata Ispaniya terma jamoasining kengaytirilgan tarkibiga kiritilmadi.
Xabarlarga ko‘ra, terma jamoa bosh murabbiyi Luis de le Fuente 55 kishilik tarkibga boshqa hech kimni qo‘shmaydi va bu qaror o‘zgarmaydi. Mutaxassis Karvaxal va Morataning o‘yinlarini kuzatib borgan, biroq sport formasi optimal darajada emasligi tufayli qaydnomadan joy olmagan. De le Fuente tajribali futbolchilardan ko‘ra, yaxshi sport formasidagi futbolchilarni jahon chempionatiga olib borishni ma’qul ko‘rmoqda. Ikki futbolchi ham terma jamoaning sardorlari qatorida edi. Umuman olganda, joriy mavsumda Morata 28ta uchrashuvda maydonga tushib, atiga bitta gol va 2ta golli uzatmani amalga oshirdi. U mavsumning katta qismini jarohat bilan o‘tkazdi. Karvaxal esa bu mavsumda bor-yo‘g‘i 885 daqiqa maydonda harakat qilgan xolos.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi 26 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkibni 25-may kuni e’lon qiladi.