Eron sport vaziri JCh-2026 da ishtirok etishning asosiy shartini aytdi
Eron sport vaziri Ahmad Donyomali mamlakat milliy terma jamoasining AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan JCh-2026 da ishtirok etish shartini ma’lum qildi.
Avvalroq, Yaqin Sharqdagi mojarolar keskinlashuvi fonida Eron jahon chempionatiga boykot e’lon qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Keyinchalik eronliklarning o‘yinlarini AQSHdan Meksikaga ko‘chirish masalasi muhokama qilindi, biroq FIFA bu g‘oyani rad etdi.
«Agar Amerika Qo‘shma Shtatlarida Eron milliy terma jamoasi o‘yinchilarining xavfsizligi ta’minlansa, biz jahon chempionatiga boramiz. Yakuniy qaror hukumat va Milliy xavfsizlik oliy kengashi tomonidan qabul qilinadi», — deya Donyomalining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Eronning Tasnim axborot agentligi.
Donyomalining so‘zlariga ko‘ra, jamoa geosiyosiy vaziyatdan qat’i nazar turnirga tayyorgarlikni davom ettiradi.
«Ehtimol, Eron terma jamoasi jahon chempionatiga bormasligi ham mumkin, biroq agar ishtirok etadigan bo‘lsak, biz tayyor turishimiz kerak», — dedi vazir.