Eron Kaspiydagi hujum yuzasidan Ukrainaga keskin norozilik bildirdi
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Kaspiy dengizida Ukraina harbiylari tomonidan Eron savdo kemasiga qilingan hujumni keskin qoralab, bu harakat javobsiz qolmasligini ma’lum qildi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida kema ekipajining bir a’zosi halok bo‘lgan, ikki kishi jarohat olgan. Shu munosabat bilan Tehron Ukrainaning Erondagi muvaqqat ishlar vakilini chaqirtirib, rasmiy norozilik notasini topshirgan.
O‘z navbatida, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat Qurolli kuchlari Rossiyaning harbiy ta’minotida foydalanilgan Kaspiy dengizidagi kemalarga zarba berilganini tasdiqladi. Uning ta’kidlashicha, ushbu operatsiyalar RFga harbiy yuklarni yetkazib berish zanjirini izdan chiqarishga qaratilgan.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA