Eron AQSHga Hurmuz bo‘g‘ozini ochish evaziga urushni yakunlashni taklif qildi (+video)
Eron AQSHga Hurmuz bo‘g‘ozini ochish va urushni tugatishni taklif qildi, deb xabar berdi DWnashri.
Shu bilan birga Eron tomoni yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralarni keyingi bosqichga qoldirishni ilgari surgan. Bu haqda Axios nashri ham manbalarga tayanib xabar berdi.
Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Eron yadroviy masala bo‘yicha muzokaralarni kechiktirish evaziga kelishuvga tezroq erishish mumkin, deb hisoblamoqda.
“Bu taklif muammoni chetlab o‘tib, tezroq kelishuvga erishish imkonini beradi”, — deyiladi maqolada.
Biroq mutaxassislarning fikricha, Hurmuz bo‘g‘ozining ochilishi AQSH uchun dastak bo‘lib turgan bosim vositasini yo‘qqa chiqarishi ham mumkin.
Manbalarga ko‘ra, AQSH prezidenti Donald Tramp 27-aprel kuni milliy xavfsizlik va tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchilari bilan Eron masalasini muhokama qiladi. Ushbu uchrashuvda muzokaralarning to‘xtab qolgani va keyingi qadamlar ko‘rib chiqiladi.
Ma’lumotiga ko‘ra, Eron tomoni AQSHga muzokaralarni uch bosqichga bo‘lishni taklif qilgan:
birinchisi, urushni to‘xtatish va Eron hamda Livan uchun kafolatlar berish;
ikkinchisi, Hurmuz bo‘g‘ozini boshqarish masalasini hal qilish va uchinchisi Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuv.
Manbalarga ko‘ra, Tehron birinchi ikki bosqich hal etilmaguncha yadroviy masalani muhokama qilishdan bosh tortmoqda.
AQSH tomonidan bildirilishicha, muzokaralar to‘xtab qolgan, Tramp esa bosimni kuchaytirish niyatida Hurmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha cheklovlarni davom ettirishni ko‘zlamoqda. Uning fikricha, bu Eronni muzokaralarda yon berishga majbur qiladi.
Xabaringiz bor, Tramp AQSH vakillarining Islomobodga borishini bekor qilinganini ma’lum qildi. U muzokaralar uchun uzoq safar qilishni samarasiz deb hisoblagan.
Ayni damda, Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, AQSH bilan muzokaralar va mintaqaviy vaziyatni muhokama qilyapti.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/jMwspzMhLCA" title="Eron AQShga Hurmuz bo`g`ozini ochish evaziga urushni yakunlashni taklif qildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Iskandar Ismatov, O‘zA