Eng ilg‘or yoshlar yetakchilari munosib taqdirlandi
Mahallada yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan Toshkent shahrining eng ilg‘or 100 nafar yoshlar yetakchisi munosib taqdirlandi.
“TOP-100 — Eng ilg‘or yoshlar yetakchilari” reytingi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan agentlikning mahallalarda yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan mahalla yoshlar yetakchilari faoliyatini baholash maqsadida har chorakda an’anaviy tarzda e’lon qilinadigan reytingdir.

Unda mahallalardagi yigit-qizlarning muammolarini hal etish, ularning bandligini ta’minlash va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda eng yuqori ko‘rsatkichga ega 100 nafar faol yetakchi e’tirof etib boriladi.

Ularning har bir yutug‘i ortida esa ota-onalarning ishonchi, tarbiyasi va qo‘llab-quvvatlashi bor. Shu munosabat bilan yetakchilarning ota-onalariga Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator A.Sa’dullayev nomidan minnatdorlik xatlari, yetakchilarga esa esdalik sovg‘alari topshirildi.
G.Boboyeva, O‘zA