Ellikqal’ada sohilbo‘yi dam olish maskani barpo etildi
FOTOREPORTAJ
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida aholi uchun zamonaviy dam olish maskanlarini barpo etish va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar izchil amalga oshirilmoqda.
Shunday loyihalardan biri sifatida tuman markazidan o‘tuvchi «Ellikqal’a» kanali bo‘yida sohilbo‘yi hududini obodonlashtirish ishlari yakunlandi.
Qiymati 4,2 milliard so‘m bo‘lgan loyiha doirasida kanalning 2,2 kilometrlik qismida sohilbo‘yi infratuzilmasi yaratildi. Bu yerda 3 kilometr piyodalar yo‘lakchasi barpo etildi, 200 ta dekorativ yoritish chirog‘i o‘rnatildi, 5,3 kilometr temir panjara tortildi hamda 3 ta piyodalar ko‘prigi qurildi.
[gallery-30516]
Natijada aholining dam olishi, sayr qilishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun zamonaviy sharoit yaratildi. Loyihaning to‘liq ishga tushirilishi bilan xizmat ko‘rsatish sohasida 50 ta yangi ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.
Mazkur loyiha xizmat ko‘rsatish sohasini kengaytirish, turizm infratuzilmasini rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA