Elit OÇL: legionerlarimiz jamoasi «Al-Ayn»ni töxtatdi
Osiyo çempionlar ligasi elit musobaqasining Ğarbiy mintaqasida 5-tur doirasida 6 ta öyin bölib ötdi. Mazkur turda Özbekiston şarafini himoya qilayotgan «Neftçi» va «Paxtakor» klublari Saudiya Arabistoni jamoalariga qarşi maydonga tuşdi.
Farğonadagi «Istiqlol» stadionida ötgan «Neftçi» – «Al-Hilol» uçraşuvi musobaqaning eng şiddatli bahslaridan biriga aylandi. 18 ming 867 nafar muxlis qarşisida keçgan öyinning birinçi bölimida mehmonlar safida Olli Uotkins va Gabriel Martinelli gol kiritib, «Al-Hilol»ni ikki töp farqi bilan oldinga olib çiqdi.
Biroq tanaffusdan söng farğonaliklar öyin tizginini öz qöliga olib, munosib iroda namoyiş etdi. Abrorbek Ismoilov va Yusuf Akçiçek (avtogol) iştirokidagi gollar «Neftçi»ga muhim durangni taqdim etdi – 2:2. Qayd etilgan durangdan söng «Neftçi» musobaqadagi oçkolarini 5 taga, «Al-Hilol» esa 10 taga yetkazdi.

Jidda şahridagi «Qirol Abdulloh sport siti» stadionida keçgan «Al-Ittihod» – «Paxtakor» uçraşuvining 7-daqiqasida Muhannad Al-Şanqiti hisobni oçgan bölsa, 47-daqiqada Jorj Ilenixena farqni ikkitaga yetkazdi – 2:0. Mazkur ğalabadan söng «Al-Ittihod» oçkolarini 7 taga yetkazib oldi, «Paxtakor» esa 2 oçko bilan 15-örinda qoldi.
Turning qolgan uçraşuvlarida ham eʼtiborga molik natijalar kuzatildi. Xususan, Iroqning «Al-Kuva al-Javiya» jamoasi öz maydonida Qatarning «Al-Garafa» klubi ustidan 2:1 hisobida irodali ğalabaga erişdi. Mehmonlar safida Yusuf Said Ahmad 47-daqiqada hisobni oçgan bölsa, Murad Muhammad (54) va Al-Haris Hatamning (77) gollari mezbonlarga muhim oçkoni taqdim etdi. «Al-Garafa» esa hamon oçkosiz qolmoqda.
«Al-Ayn» va «Istiqlol» jamoalari örtasidagi bellaşuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 51-daqiqada Fallah kiritgan golga 58-daqiqada Palasios javob qaytardi. Mazkur bahsda Eron klubi safida töp surayotgan hamyurtlarimiz — himoyaçi Rustamjon Aşurmatov töliq 90 daqiqa harakat qilgan bölsa, yarim himoyaçi Jaloliddin Maşaripov 62-daqiqada zaxiradan maydonga tuşdi.
Uşbu durangdan söng «Al-Ayn» 13 oçko bilan peşqadamlikni saqlab qoldi, «Istiqlol» hisobida esa 10 oçko mavjud.

Qatarning «Al-Şamol» klubi Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» jamoasini 3:2 hisobida mağlub etdi. Mehmonlar Al-Buraykan va Tounining gollari evaziga ikki bor oldinga çiqqaniga qaramay, Bunedja, Tiago Silva va Kolyado tomonidan kiritilgan töplar mezbonlarga muhim ğalaba keltirdi. Ayni damda ikki jamoaning hisobidagi oçkolar 8 taga yetdi.
Eronning «Traktor» jamoasi esa öz maydonida Birlaşgan Arab Amirliklarining «Al-Vasl» klubiga 1:5 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uşbu natijadan söng «Al-Vasl» 6 oçko töpladi, «Traktor» esa 2 oçko bilan qoldi.
Bugun, 24-noyabr kuni Osiyo çempionlar ligasi elit musobaqasi Ğarbiy mintaqasida 5-tur uçraşuvlari davom ettiriladi. Xususan, Toşkent vaqti bilan soat 21:00 da BAAning «Şabab Al-Ahli» jamoasi öz maydonida Saudiya Arabistonining «Al-Qodisiya» klubini qabul qilsa, soat 23:15 da Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» hamda Qatarning «Al-Sadd» jamoalari örtasidagi bellaşuv start oladi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA