“Hududiy bolalar ligasi” ğoliblari aniqlandi
Sirdaryo viloyatida 2015-yilda tuğilgan yoş futbolçilar örtasida ötkazilgan “Hududiy bolalar ligasi” musobaqasi öz yakuniga yetdi.
Sirdaryo viloyati futbol assotsiatsiyasi taşabbusi bilan yil davomida dam oliş kunlari muntazam taşkil etilgan mazkur musobaqa yoş futbolçilar uçun öz mahoratini namoyon etiş, tajriba orttiriş va sportdagi imkoniyatlarini sinovdan ötkaziş maydoni böldi.
Bellaşuvlarda viloyatning turli hududlaridan 18 ta jamoa iştirok etib, ikki davra davomida özaro kuç sinaşdi. Musobaqa bahslari davomida yoş futbolçilarning texnik mahorati, maydondagi tezkor harakatlari, jamoaviy öyin va ğalabaga bölgan intilişi yaqqol namoyon böldi.
[gallery-32665]
Yakuniy natijalarga köra, Guliston tumani sport maktabi jamoasi barça raqiblaridan ustun kelib, musobaqaning boş sovrinini qölga kiritdi. Mirzaobod tumani sport maktabi jamoasi ikkinçi, Oqoltin tumani sport maktabi jamoasi esa uçinçi örinni egalladi.
Ğolib va sovrindorlarni taqdirlaş marosimida çempion jamoaga kubok, faxrli örinlarni qölga kiritgan jamoalarga medal, diplom va esdalik sovğalari topşirildi.
Ğulom Primov,
Umid Obidjonov (suratlar) ÖzA muxbirlari