Davlatobodda tennis majmuasi rekonstruksiya qilinmoqda
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi «Do‘stlik» tennis majmuasida qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Loyiha doirasida majmuaning asosiy fasadi zamonaviy ko‘rinishda yangilanadi. Shuningdek, 30 o‘rinli mehmonxona, 150 o‘rinli restoran, sauna, 8 ta ochiq va 2 ta yopiq tennis korti rekonstruksiya qilinib, zamonaviy talablar asosida jihozlanadi.
[gallery-30147]
Qurilish ishlari yakunlanganidan so‘ng majmua professional sportchilar, yoshlar va tennis ixlosmandlari uchun zamonaviy sport infratuzilmasiga aylanishi kutilmoqda.
Mazkur loyiha hududda sport infratuzilmasini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish hamda respublika va xalqaro darajadagi tennis musobaqalarini o‘tkazish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA