Chamanzor tomorqachilari
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumanining Chamanzor mahallasi aholisi tomorqachilik sohasida muayyan tajribaga ega.
Mazkur mahallada yashovchi Ravshan Qoraboyev o‘z xonadonida termos usulida issiqxona tashkil etgan. Unda parvarishlanayotgan qariyb 100 tup limondan yiliga 2 tonnagacha hosil olinmoqda. Shuningdek, tomorqada turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilib, qo‘y parvarishi ham yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa oila daromadini oshirishga xizmat qilmoqda.
[gallery-28350]
Mahallaning yana bir faol tomorqachisi Orifjon Latipov xonadonidagi 3 ta issiqxonada gulchilik bilan shug‘ullanmoqda. Uning kichik plantatsiyalarida 30 turdagi 4 mingdan ortiq gul parvarishlanmoqda. Ushbu faoliyat orqali oila a’zolari doimiy bandlikka ega.
Ayni kunlarda mahalla hududida manzarali ko‘chatlarni parvarishlash, daraxtlarga agrotexnik ishlov berish va yashil maydonlarni kengaytirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa ekologik muhitni yaxshilash, o‘simliklarning sog‘lom o‘sishini ta’minlash hamda aholi salomatligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA