Central Asian University Xalqaro Olimpiadasida Markaziy Osiyodan 1 500 dan ortiq maktab o‘quvchisi ishtirok etdi
11–13-iyun kunlari Central Asian University’da ilk bor Markaziy Osiyo mamlakatlarining 9–11-sinf o‘quvchilari uchun fizika, matematika va kimyo fanlari bo‘yicha xalqaro olimpiada o‘tkazildi. Musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan 1500 dan ortiq o‘quvchi qatnashdi.

Central Asian University’da to‘liq o‘qish davri uchun 100 foizgacha bo‘lgan ta’lim grantlari bosh sovrin sifatida taqdim etildi.

Uch kun davomida ishtirokchilar grant ko‘magini qo‘lga kiritish va universitetga maxsus shartlar asosida o‘qishga kirish huquqi uchun bellashib, yuqori murakkablikdagi olimpiada masalalarini yechdilar. Ko‘plab o‘quvchilar uchun olimpiada universitet ta’limiga maksimal darajada yaqinlashtirilgan shaklda o‘z bilimlarini sinab ko‘rish uchun ilk imkoniyat bo‘ldi.

Tanlov dasturidan tashqari, ishtirokchilar kampusning ichki hayotiga sho‘ng‘ib, universitet laboratoriyalari va o‘quv xonalarini ko‘zdan kechirdilar, shuningdek, muhandislik, tibbiyot va biznes yo‘nalishlarida ta’lim jarayoni qanday yo‘lga qo‘yilishi haqida tasavvurga ega bo‘ldilar.

Grantlar 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida quyidagicha taqsimlandi:
● 1–3-o‘rinlar — to‘liq o‘qish davri uchun 100% grant;
● 4–6-o‘rinlar — 50% grant;
● 7–10-o‘rinlar — 25% grant.
10-sinf o‘quvchilari uchun maktabni bitirgach, kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tsalar, grant yutib olish imkoniyati ko‘zda tutilgan. 9-sinf g‘oliblari esa CAU “Be Student” tayyorlov dasturida bepul qatnashish huquqini hamda o‘qishga kirishda qo‘shimcha imtiyozlarni qo‘lga kiritdilar.

Har bir olimpiada fani universitetning kelajakdagi akademik yo‘nalishlari bilan bevosita bog‘liq edi.
Fizika va matematika fanlari muhandislik, axborot texnologiyalari, arxitektura va biznes sohalarida ta’lim olishni rejalashtirayotgan abituriyentlarga mo‘ljallangan. Bu yo‘nalishlar ishtirokchilari “Computer Science”, “Biomedical Engineering”, “Industrial Engineering”, “Architecture and Design”, “Accounting and Finance”, “Marketing” va “International Business” dasturlari bo‘yicha o‘qishni davom ettirishlari mumkin bo‘ladi.
Kimyo bo‘yicha olimpiada tibbiyot va stomatologiya sohasida faoliyat yuritishni ko‘zlayotgan maktab o‘quvchilari uchun tashkil etildi. Aynan shu bilimlar kelajakda “Doctor of Medicine” (M.D.) va “Doctor of Dental Surgery” (D.D.S.) dasturlari bo‘yicha tahsil oladigan talabalarni tayyorlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
G‘oliblarning to‘liq ro‘yxati havoladagi materialda mavjud.

11-sinf o‘quvchilari kimyo olimpiadasining g‘oliblari.

11-sinf o‘quvchilari matematika olimpiadasining g‘oliblari.

11-sinf o‘quvchilari fizika olimpiadasining g‘oliblari.

Olimpiadaning o‘tkazilishi Central Asian University qabul kampaniyasining yangi strategiyasi doirasida amalga oshirildi. 2026-yilda universitet qabul o‘rinlarini 700 taga qisqartirib, eng yaxshi tayyorgarlikka ega va rag‘batlantirilgan abituriyentlarni jalb qilishga e’tibor qaratgan holda tanlovni kuchaytirdi. Shu bilan birga, topshirilgan arizalar soni qariyb 4000 taga yaqinlashdi, bu esa deyarli barcha ta’lim yo‘nalishlarida yuqori raqobatni ta’minlaydi.
Olimpiada ishtirokchilarga o‘z mutaxassislik fanlari bo‘yicha tayyorgarlik darajasini baholash va maktabda olingan bilimlar kelajakdagi kasb bilan qanchalik bog‘liqligini yaxshiroq tushunish imkonini berdi. CAU ta’lim modelining asosida ham aynan shu tamoyil yotadi.
Talabalar birinchi bosqichlardanoq muhandislik va IT-laboratoriyalari, tibbiy simulyatsiya markazlari, “Fab Lab” arxitektura ustaxonasi va “Bloomberg Lab”da amaliy tajriba orttirib, o‘z bilimlarini real keyslar, tadqiqot loyihalari va kasbiy vazifalarda qo‘llaydilar.
Central Asian University oltita maktabni o‘zida birlashtiradi:
- Tibbiyot maktabi;
- Stomatologiya maktabi;
- Biznes maktabi;
- Muhandislik maktabi;
- Arxitektura va dizayn maktabi;
- Mehmonxona boshqaruvi va turizm maktabi.
Universitet ingliz tilida ta’lim olishni, xalqaro ta’lim standartlarini, akademik mobillik dasturlarini, grant imkoniyatlarini hamda yetakchi kompaniya va tashkilotlar bilan hamkorlikni taklif etadi.
2026–2027-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli davom etmoqda.
Sayt: centralasian.uz
Instagram: @cauniversity.official
Telegram: https://t.me/centralasianuni
Qabul komissiyasi bilan bog‘lanish: 71 208−12−34.
Email: admission@centralasian.uz
Central Asian University (CAU) haqida

2019-yilda O‘zbekistonda asos solingan Central Asian University mamlakatdagi eng jadal rivojlanayotgan xususiy universitetlardan biridir. U tibbiyot, stomatologiya, biznes, arxitektura va dizayn, muhandislik, turizm va mehmondo‘stlik kabi talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda xalqaro ta’lim dasturlarini taklif etadi. Zamonaviy kampus, xalqaro tajribaga ega o‘qituvchilar va amaliy ta’limga urg‘u berilishi CAU’ni butun dunyo talabalari uchun jozibador tanlovga aylantirmoqda.
Central Asian University Round University Ranking 2025 jahon reytingida kuchli 1000 talikdan o‘rin olgan, THE Impact Rankings 2025 reytingida debyut qilgan, Science and Innovation Awards ta’rifiga ko‘ra 2024-yilda O‘zbekistonning eng innovatsion universiteti, shuningdek, AD Scientific Index bo‘yicha 2025-yilda O‘zbekistonning birinchi yosh universiteti deb e’tirof etilgan. Bundan tashqari, CAU QS Stars xalqaro baholashida 4 yulduzga sazovor bo‘lib, O‘zbekistonda bu darajadagi e’tirofga erishgan yagona xususiy universitetga aylandi. 2025-yil yakunlariga ko‘ra, Central Asian University (CAU) Science and Innovation Awards talqini bo‘yicha Eng yaxshi nodavlat oliy ta’lim muassasasi deb topildi.
CAU strategik xalqaro hamkorlikni faol rivojlantirib, Germaniya, Shveysariya, AQSH va boshqa davlatlarning universitetlari bilan qo‘shma akademik va tadqiqot loyihalarini amalga oshirmoqda. Innovatsion ta’lim modeli va global hamkorlikka yo‘naltirilgani tufayli universitet mintaqada oliy ta’lim sohasidagi yetakchi o‘yinchilardan biri sifatidagi o‘z mavqeyini mustahkamlab bormoqda.