Buxoroda turistik mavsum boshlandi
FOTOREPORTAJ
Buxoro shahrida turistik mavsum boshlanishi bilan turizm sohasida faollik sezilarli darajada oshdi. Xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi, jumladan, mehmonxonalar, umumiy ovqatlanish maskanlari, transport va gidlik xizmatlari izchil rivojlanib, sayyohlar uchun yaratilayotgan sharoitlar kengaymoqda.
Hududda turizm sohasi uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimi ham takomillashtirilmoqda. Ta’lim muassasalari va soha vakillari o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, seminarlar, xalqaro treninglar va amaliy uchrashuvlar orqali yangi rivojlanish yo‘nalishlari belgilab olinmoqda.
Buxoroning boy tarixiy-madaniy merosi sayyohlarning asosiy e’tibor markazida bo‘lib, ular tarixiy obidalar va mashhur shaxslar hayotiga oid ma’lumotlar bilan yaqindan tanishmoqda. Shu bilan birga, shaharda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari xorijiy mehmonlarda katta taassurot qoldirmoqda.
[gallery-28647]
Sayyohlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida maxsus xizmatlar faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.
Umuman, sayyohlar oqimining ortishi madaniy merosni keng targ‘ib etish, xalqlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirishga xizmat qilmoqda. Bu esa turizmni mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim strategik tarmog‘i sifatida rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini namoyon etmoqda.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA