Buxoroda hududiy brendlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
FOTOREPORTAJ
Buxoro davlat texnika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT), O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Samarqand va Buxoro viloyatlari hokimliklari, shuningdek, Xalqaro tovar belgilari uyushmasi (INTA) hamda Turkiya patent va tovar belgilari idorasi (Türkpatent) hamkorligida “100 ta yangi brend” loyihasi doirasida tadbirlar o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va viloyat hokimligi mas’ullari, xalqaro va milliy ekspertlar, shuningdek, muvaffaqiyatli mahalliy brendlar, dizayn agentliklari va baholash tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar.
[gallery-28457]
Mazkur loyiha hududiy brendlarni rivojlantirish, kichik va o‘rta biznes sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlarning huquqiy madaniyatini oshirish hamda mahalliy mahsulotlarning eksport salohiyatini kengaytirishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etdi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA