Brunu Fernandesh: Asosiy maqsadim jahon chempionatida g‘alaba qozonish
Finalga chiqish va u yerda istalgan terma jamoaga qarshi o‘ynash shunchaki aqlbovar qilmas ish bo‘ladi.
Portugaliya milliy terma jamoasi futbolchisi Brunu Fernandesh bo‘lajak jahon chempionati haqida gapirdi.
"Jahon chempionati biz uchun har doim alohida katta turnir hisoblanadi. Biz o‘z yurtimiz sharafini himoya qilar ekanmiz, bu faoliyatimizdagi eng yorqin lahzalardan biri hisoblanadi. Biz sezilarli darajada kuchli ekanimiz va birdamligimizni barchaga ko‘rsatishimiz kerak. Bu terma jamoamiz uchun qo‘shimcha kuch bo‘ladi. Asosiy maqsadimiz esa jahon chempionligini qo‘lga kiritishdan iborat. Finalga chiqish va u yerda istalgan terma jamoaga qarshi o‘ynash shunchaki aqlbovar qilmas ish bo‘ladi. Biz hali biror marta bunga erishmaganmiz. Eng muhimi men g‘alabamizni orzu qilaman", - dedi Fernandesh.
Portugaliya terma jamoasi mundialda O‘zbekiston terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olgan va ikkinchi turda o‘zaro bahs olib borishadi.