Jahon chempionati ishtirokchilari qayerga joylashadi? JCH-2026 qarorgohlari xaritasi e’lon qilindi
Jahon chempionati tobora yaqinlashmoqda, jamoalarning tayyorgarlik rejalari esa allaqachon shakllanib bo‘lgan.
Shimoliy Amerika (AQSH, Kanada va Meksika) mezbonlik qiladigan futbol bo‘yicha tarixiy, 48 ta jamoa ishtirok etadigan JCH-2026 musobaqasi uchun terma jamoalarning rasmiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va qarorgohlari (Team Base Camps) joylashuvi aniq bo‘ldi.
Xaritaga ko‘ra, musobaqa tashkilotchilari iqlim sharoiti, stadionlargacha bo‘lgan masofa va logistikani hisobga olgan holda jamoalarni qit’a bo‘ylab taqsimlab chiqishgan. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Atlantada. E’tiborli jihati, taqdim etilgan infografikada O‘zbekiston milliy terma jamoasining ham JCH-2026 dagi bosh qarorgohi ko‘rsatilgan. Vakillarimiz musobaqa davomida AQShning Jorjiya shtati, Atlanta shahrida joylashadigan bo‘ldi. Bu shahar o‘zining zamonaviy infratuzilmasi va qulay transport tizimi bilan ajralib turadi.
Boshqa qiziqarli joylashuvlar: Argentina va Angliya — Kanzas-Sitida, Braziliya va Ispaniya — Nyu-York/Nyu-Jersi hamda Chattanugada, Fransiya va Germaniya — Boston hamda Uinston-Seylemda o‘z qarorgohlarini tashkil etadi.Jahon chempionati tobora yaqinlashmoqda, jamoalarning tayyorgarlik rejalari esa allaqachon shakllanib bo‘lgan.
