Braziliyada telefon o‘g‘irligi uchun jazo kuchaytirildi
Braziliya hukumati uyali telefon o‘g‘irligi uchun jazo choralarini kuchaytirdi, endi mamlakatda smartfon, planshet yoki noutbuk o‘g‘irlash to‘rt yildan o‘n yilgacha qamoq jazosi va jarima bilan jazolanadi.
Ta’kidlanishicha, ilgari jazo bir yildan to‘rt yilgacha bo‘lgan. Biroq qamoq jazolari ko‘pincha muqobil jazolar bilan almashtirilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda uyali telefon o‘g‘irlash holatlari Lotin Amerikasi davlatlarida ancha avj olgan.
Braziliya rasmiylari qayd etishicha, 2024-yilda o‘lkada 900 mingdan ortiq uyali telefon o‘g‘irlangan va ularni qaytarish darajasi juda past - atiga 8 foiz.
O‘g‘irlikning asosiy omillaridan biri jinoyatchilarning mobil telefon orqali bank ilovalariga kirishidir, deyiladi xabarda.
S.Rahimov, O‘zA