Bozorlar – yurt koʻrki
FOTOFAKT
Fargʻona viloyati Qoʻqon shahridagi “Dehqon bozori” masʼuliyati cheklangan jamiyatida sotuvchi va xaridorlarga qulay sharoit yaratish borasida ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Bozorning ozoda va pokiza boʻlishiga, obodonlashtirish ishlariga sotuvchilar ham oʻzlarini masʼul deb biladi. Savdo rastalarida sotuvchilar uchun ham, xaridorlar uchun ham barcha sharoit yaratilgan.



