Bokschilarimiz xalqaro turnirda 9 ta medalni qo‘lga kiritdi
Ozarbayjonning Boku shahrida 17 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasida an’anaviy “HEYDAR ALIYEV CUP” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada 7 ta davlatdan 200 ga yaqin sportchi ishtirok etdi.
Quvonarlisi, musobaqada Suvonbek Yo‘ldoshev, Iskandar Qadamboyev va Azizbek Nazrullayev o‘z vazn toifasida barcha raqiblarini yengib, oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Fayozbek Rahmonaliyev finalga qadar o‘tgan bellashuvlarda zafar quchib, kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, Jahongir Usmonqulov, Ahmad Turdiniyozov, Iskandar Abdullayev, Temur Xolmurodov va Elshod Oblaqulov kabi charm qo‘lqop ustalarimiz bronza medalga ega chiqdi.
Shu tariqa, boks bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoamiz 3 ta oltin, 1 kumush va 5 ta bronza medal jamg‘ardi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA