Dzyudochilarimiz Qozog‘iston turnirida bellashmoqda
Bugun, 8-may kuni Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida dzyudo bo‘yicha "Katta Dubulg‘a" turkumidagi nufuzli musobaqa boshlandi.
36 ta davlatning 300 nafarga yaqin mahoratli dzyudochilari ishtirok etayotgan nufuzli turnirda O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasining 13 nafar a’zosi vatanimiz sharafini himoya qilmoqda.
Kecha xalqaro turnirga qur’a tashlash marosimi o‘tkazilib, dzyudochilar ilk raqiblarini bilib oldi.
Dzyudochilarimiz uchun qur’a natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi:
Ayollar:
-48 kg: Sevinch Murodova - Kristina Dudina (Rossiya)
-48 kg: Fotima Tursunboyeva - Sabina Zelejki (Vengriya)
-52 kg: Umida Jumaniyazova - Gabriyela Konseysao (Braziliya)
-63 kg: Sevinch Isoqova - Ganhayh Bolt (Mo‘g‘uliston)
+78 kg: Durdona Nizomiddinova - Jiovanna Santos (Braziliya).
Erkaklar:
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov - Shokir Gayubov (Tojikiston)
-66 kg: Abdurahim Nutfulloyev - Erhembayar Battogtoh (Mo‘g‘uliston)
-66 kg: Anvar Ibrohimov - Devid Ikkes (Germaniya)
-73 kg: Nizomiddin Toshpo‘latov - Aaron Szabo (Vengriya)
-73 kg: Hojiakbar Toshev - Angsarbek Gaynullin (Qozog‘iston)
-90 kg: Ramazon Allaberganov - Eniel Karoli (Fransiya)
-100 kg: To‘lqin Turdiyev - Nikola Pavlovsiky (Makedoniya).
Bugun xalqaro turnir dasturiga muvofiq erkaklar -60, -66 kilogrammda, ayollar -48, -52, -57 kilogrammda bellashadi.
Kun davomidagi bellashuvlarda terma jamoamiz a’zolaridan Sevinch Murodova, Fotima Tursunboyeva, Umida Jumaniyozova, Kamoliddin Baxtiyorov, Abdurahim Nutfulloyev va Anvar Ibrohimov o‘z omadini sinovdan o‘tkazadi.
Xalqaro turnir musobaqalari 10-mayga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA