“Biz – donormiz” xayriya aksiyasi boshlandi
“Yuksalish” harakati tashabbusi bilan respublika qon quyish markazi bilan hamkorlikda 19-oktabrdan 8-noyabrgacha mamlakatimiz bo‘ylab “Biz – donormiz” xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur donorlik xayriya aksiyasi Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi qon quyish markazida o‘tkaziladi. Unda Oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va talabalari, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya xodimlari, yoshlar va faol fuqarolar ishtirok etdi.

Tashabbusning maqsadi, donorlik qon zaxiralarini to‘ldirish va jamiyatda donorlik madaniyatini rivojlantirishdan iborat. Shuningdek, aksiya jamiyatda o‘zaro yordam madaniyatini shakllantirish, bu jarayonning ahamiyatini keng tushuntirish, shuningdek, donor qon taqchilligi muammosiga jamoatchilik e’tiborini jalb etish.
Aksiyada befarq bo‘lmagan fuqarolar ishtirok etib, donorlik qoni har kuni murakkab vaziyatlarga tushgan insonlarning hayotini saqlab qoladi. Og‘ir jarrohlik amaliyotlarini boshdan kechirgan bemorlar, avtohalokatlarda jabrlanganlar, onkologik kasalliklar bilan og‘riganlar va qon quyishni talab qiladigan boshqa ko‘plab tashxislari bor odamlar shular jumlasidandir. Aksiya davomida to‘plangan qon zaxiralari tibbiyot muassasalarining bemorlarga yordam ko‘rsatish imkoniyatini oshiradi.

Bunday tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazish kasalxonalar va tibbiyot markazlarida qonning yetarli darajada ta’minlanishiga yordam beradi. Bu ayniqsa, favqulodda vaziyatlar va rejalashtirilgan jarrohlik amaliyoti uchun muhim hisoblanadi.
Aksiya befarq bo‘lmagan fuqarolarni birlashtiradi. Unda voyaga yetgan va sog‘lig‘ida tibbiy qarshi ko‘rsatmalari bo‘lmagan har bir fuqaro donor sifatida ishtirok etishi mumkin. Qon topshirishdan oldin ishtirokchilar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Bu jarayon donor va retseptorlar xavfsizligini ta’minlaydi.
“Biz – donormiz” bu shunchaki aksiya emas. Mazkur tadbir insonlar hayotiga yangicha mazmun olib kiruvchi, jamiyat a’zolarini ezgulik atrofida birlashtiruvchi harakatdir.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri