Bayramga munosib tuhfa boʻladi
Shahar hokimi ushbu yoʻl va uning boʻyidagi keng koʻlamda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar hokimi va oʻrinbosarlari, sektorlar hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlari mamlakatimiz Mustaqilligi bayrami oldidan hududdagi obodonlashtirish va qurilish ishlari bilan tanishdi.
Yangiyer shahrini kesib oʻtgan M-34 xalqaro magistral yoʻlida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari nihoyalanib, mamlakatimiz Mustaqilligining 29 yilligi oldidan foydalanishga topshiriladi.
Ayni paytda, Yangiyer shahrini kesib oʻtuvchi Toshkent – Dushanbe M-34 halqaro yoʻli kengaytirilib, asfalt-beton hamda yoʻl chetiga lotoklar yotqazish, yoʻl boʻyida bekatlar, turli xizmat koʻrsatish obeʼktlari, savdo va ovqatlanish shaxobchalari qad rostlamoqda. Yoʻl chetida esa piyodalar hamda velosipedda yuruvchilar uchun maxsus yoʻlaklar ham bunyod etilayotir.
Shahar hokimi ushbu yoʻl va uning boʻyidagi keng koʻlamda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan sektorlar va masʼul tashkilotlar rahbarlariga tegishli koʻrsatma, topshiriq va vazifalar yuklab, ularning ijrosi yuzasidan aniq muddatlar belgilandi.


