Basketbol 3x3: O‘zbekiston U23 chempionlari aniqlandi
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi” o‘yin turlariga ixtisoslashgan majmuasida basketbolning 3x3 yo‘nalishi bo‘yicha erkaklar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan U23 O‘zbekiston kubogi bahslari murosasizligi va ishtirokchilarning ko‘pligi bilan alohida ajralib turdi.
O‘tgan yillar davomida basketbol 3x3 musobaqalarida 10 taga yetar-yetmas jamoalar ishtirok etgan bo‘lsa, bu yilgi birinchilikda mamlakatimizning barcha hududlaridan 15 ta jamoa g‘oliblik yo‘lida o‘z omadini sinovdan o‘tkazdi.
Qiziqarli va shiddatli bellashuvlarga boy kechgan chempionat yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va universiteti jamoasiga mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. 2-o‘rinni Markaziy harbiy sport klubi vakillari egalladi. 3-o‘rindan Chirchiq jamoasi joy oldi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA