YeCHL: “Atletiko Madrid” o‘z maydonida durang o‘ynadi
Futbol bo‘yicha Yevropa chempionlar ligasining yarim finalidan o‘rin olgan navbatdagi bahs o‘z yakuniga yetdi. Mazkur bosqichning ikkinchi uchrashuvida “Atletiko Madrid” va “Arsenal” o‘zaro kuch sinashdi.
Madrid shahrida o‘tgan ushbu to‘qnashuvning 44-daqiqasida “Arsenal” klubi a’zosi Viktor Dyokeresh penaltidan gol urib, hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limni hujumkor boshlagan “Atletiko Madrid” futbolchilari 56-daqiqaga kelib hisobni tenglashtirishni uddaladi. Ushbu vaziyatda Xulian Alvares raqib darvozasiga belgilangan penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Shu tariqa, uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Darvoqe, uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi Antuan Grizman bo‘ldi. Grizman 90 daqiqa o‘ynadi va ushbu vaqt mobaynida salkam 10 km. masofa yugurib, to‘rtta zarba yo‘lladi.
Endi esa bahsdagi gollar mualliflari haqida ayrim faktlarni e’tiboringizga havola etamiz. “Arsenal” jamoasi hujumchisi Viktor Dyokeresh Chempionlar ligasi yarim finalida gol urgan birinchi shved futbolchisiga aylandi.

“Atletiko Madrid” jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qolgan Xulian Alvares esa musobaqadagi 25-golini kiritdi. Bu orqali u Janubiy Amerikadan chiqqan futbolchilar orasida 25 ta golni qisqa vaqtda urgan futbolchilar qatoriga kirdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalgi eng yaxshi natija Lionel Messiga tegishli bo‘lgan. Messi 25 ta golni 42 ta uchrashuvda urgan.
Eslatib o‘tamiz, Yevropa chempionlar ligasining yarim final javob o‘yinlari 5-6-may kunlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning finali 2026-yil 30-may kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahridagi «Pushkash Arena» stadionida o‘tkaziladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA