Barpo etilayotgan sport ob’ektlarining taqdimoti o‘tkazildi
Sport vazirligida joriy yil davomida Investitsiya dasturi doirasida barpo etilayotgan sport ob’ektlarida olib borilayotgan qurilish ishlarining taqdimoti o‘tkazildi.
Sport vaziri Adham Ikromov ishtirokida 2026-yilda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi bayrami arafasida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan sport ob’ektlari yuzasidan zarur ma’lumotlar keltirib o‘tildi.
Yig‘ilish jarayonida qurilish-montaj ishlarini belgilangan muddatlarda va yuqori sifat darajasida amalga oshirish, shuningdek, barcha jarayonlarni doimiy nazorat ostida olib borish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
T. Ro‘ziyev,
O‘zA