Bahor aslida Surxondan boshlanar
FOTOETYUD
Bahor...Yasharish va yangilanish fasli!
Azaldan Surxon vohasi purviqor togʻlari, betakror tabiati bilan ajralib turgan. Fasli navbahorning Surxondan boshlanishi ham bejizga emas. Bahor fasli goʻzallik va nafislik bilan uygʻun boʻlgani yosh kelinchakka qiyos etiladi. Ayni kunlarda Surxon tabiatiga ana shu kelinchakning goʻzal sepi yoyilgan. Daraxtlarning yoqimli isi, uygʻonayotgan tabiat nafasi voha ahlining qalbiga koʻchgandek...





