Bahodir Toshmatov O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi raisi etib saylandi
Poytaxtimizda O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda federatsiyaga yangi rahbar saylanib, sohani rivojlantirishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Tadbirda delegatlar tomonidan federatsiya raisligiga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Bahodir Toshmatov nomzodi ilgari surildi. Nomzod bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi va B.Toshmatov mamlakat kamondan otish federatsiyasi raisi etib saylandi.

Konferensiya davomida mazkur sport turini yurtimizda yanada rivojlantirish va ommalashtirish, sportchilarni joriy yil taqvimidan o‘rin olgan nufuzli xalqaro musobaqalarga puxta tayyorlash masalalari yuzasidan istiqbolli rejalar muhokama qilindi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA