Badiiy akademiya tasarrufidagi ta’lim muassasalarida aniqlangan muammolar tahlili
O‘zbekiston Badiiy akademiyasida Badiiy akademiya tasarrufidagi ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan rejali tekshiruv natijalari hamda badiiy ta’lim tizimida belgilangan vazifalar ijrosi masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma katta prokurori F.Temirov tomonidan Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Badiiy ta’lim yo‘nalishlarida pedagog va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish markazida o‘tkazilgan rejali tekshiruv natijalari yuzasidan ma’lumot berildi.
Ta’kidlanganidek, tekshiruv davomida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida bajarilgan ishlar barobarida xato va kamchiliklar aniqlangan. Ular yuzasidan qonunchilik talablariga rioya etilishini yanada kuchaytirish, ta’lim muassasalari faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.

Tekshiruv davomida qayd etilgan masalalar yuzasidan tizimli ishlarni kuchaytirish, ta’lim muassasalarida qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash, mas’uliyat va ijro intizomini yanada mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarning oldini olish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Yig‘ilish yakunida badiiy ta’lim tizimida qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash, faoliyat samaradorligini oshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda bu boradagi tashkiliy va amaliy ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA