Asilbek va Abdurahmon bugun Osiyo chempionatidagi yurishini boshlaydi
Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida Asian Boxing tashkiloti tomonidan kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatining saralash bahslari davom etmoqda.
Mazkur musobaqaning bugungi dasturida ikki nafar hamyurtimiz ringga ko‘tariladi. Jumladan vazni 50 kilogrammgacha bo‘lgan charm qo‘lqop ustalari o‘rtasidagi bellashuvlarda Asilbek Jalilov yaponiyalik Daichi Ivaiga qarshi jang o‘tkazsa, -60 kg. vaznda Abdurahmon Mahmudjonov xitoylik Xinlin Chenga qarshi bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha qit’a birinchiligida terma jamoamiz a’zosi Shahzod Muzaffarov 55 kilogrammgacha vazn toifasida iordaniyalik Mahdi Almashalehni 5:0 hisobida taslim qilgan edi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA