AQSH Moliya vaziri SI mehnat bozorida kimga tahdid solayotganini baholadi
AQSH moliya vaziri Skott Bessentning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt odamlardan ish o‘rnini tortib olmaydi, lekin bundan qanday foydalanishni biladiganlar gullab-yashnaydi
Sun’iy intellekt odamlardan ish o‘rnini tortib olishiga ishonmayman, – dedi Bessent “Wall Street Journal” tadbirida. – Menimcha, yangi texnologiyadan qanday foydalanishni biladiganlar boshqalardan ish o‘rnini tortib olishlari mumkin. Tarixan, innovatsiya har doim mehnat bozorini kengaytirgan.
S.Rahimov, O‘zA