Andijonda yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilanib, vazirlik va idoralar, shuningdek, mahalliy hokimliklarda yoshlar bilan bevosita muloqot tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Yangi tartibga muvofiq, mas’ul rahbarlar hududlarga chiqib, mahalla, maktab va texnikumlarda yoshlarning murojaat va muammolarini o‘rganib, ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rmoqda. Shu bilan birga, yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, sport va tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Andijon viloyatida ham “Yoshlar kuni” doirasida turli uchrashuv va tadbirlar tashkil etilmoqda. Jumladan, Andijon shahridagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Orzularni maqsadlarga aylantiramiz” mavzusida forum o‘tkazildi.
[gallery-29133]
Tadbirda viloyat hokimligi, ta’lim sohasi vakillari, bitiruvchi yoshlar va ota-onalar ishtirok etdi. Forum doirasida 40 dan ortiq kasb-hunar yo‘nalishlari, innovatsion loyihalar, biznes-rejalar hamda ijodiy ishlar namoyish etildi.
Tadbir yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasbga yo‘naltirish va tashabbuslarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA