Amir Temur davri unutilmas tarix
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida Amir Temur va Temuriylar davri merosini chuqur o‘rganish, yoshlar ongida vatanparvarlik va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlash hamda tarixiy xotirani asrab-avaylashga qaratilgan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ma’ruzachilar tomonidan Temuriylar davrining davlat boshqaruvi, harbiy san’ati, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, tarixiy obidalarni asrash, ularni restavratsiya qilish va boy madaniy merosni kelajak avlodga yetkazish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida Amir Temur merosini keng targ‘ib etish, yoshlar ongida tarixiy merosga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini yanada kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi. Mazkur anjuman buyuk ajdodlar merosini o‘rganish va uni amaliy jihatdan targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbir davomida Temuriylar davriga oid sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
G.Boboyeva, O‘zA