Ajrim yoqasidagi oilalar bilan suhbat o‘tkazildi
Poytaxtimizda oilaviy qadriyatlarni asrash va nizoli vaziyatlarni bartaraf etish maqsadida Toshkent shahar hokimligi va Sergeli tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi huzuridagi komissiya a’zolari ishtirokida navbatdagi profilaktik tadbir tashkil etildi.
Uchrashuvda asosan ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan muloqot olib borilib, yuzaga kelgan muammolarning asl sabablari o‘rganildi. Suhbat davomida farzandlar kelajagi, oilada o‘zaro hurmat va sog‘lom muhitni tiklash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish yuzasidan mutaxassislar tomonidan zarur tavsiyalar va huquqiy tushuntirishlar berildi.


Yakunda ajrim yoqasidagi bir nechta oilalarni yarashtirish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan aniq choralar belgilandi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA