“Ajdodlar izidan”: bilim va zehn sinovi
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi hamda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmat qilayotgan yosh harbiy xizmatchilar ishtirokida “Ajdodlar izidan” intellektual o‘yinining hududiy bosqichi tashkil etildi.
Intellektual bellashuv yoshlarning tarixiy bilimlarini mustahkamlash, ajdodlar merosiga bo‘lgan hurmatni oshirish, shuningdek, mantiqiy fikrlash va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi.
[gallery-28461]
Bellashuv davomida ishtirokchilar turli savollar orqali o‘z bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazib, jamoaviy hamkorlik va sog‘lom raqobat muhitida faol ishtirok etdi.
Tadbir yakunida g‘olib va faol jamoalar munosib taqdirlanib, keyingi bosqichga yo‘llanmalarni qo‘lga kiritdi.
Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA