«Aichi–Nagoya–2026»: Bugun sportchilarimiz navbatdagi bahslarga kirishadi
Yaponiyaning Aichi–Nagoya shaharlarida davom etayotgan XX Osiyo o‘yinlarida bugun, 18-sentabr kuni, sportchilarimiz zamonaviy beshkurash va futbol dasturlarida ishtirok etadi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, zamonaviy beshkurash bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Dmitriy Tretyakov yarim finalda kurash olib boradi. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 terma jamoasi esa guruh bosqichidagi ikkinchi uchrashuvida Kuvayt terma jamoasiga qarshi bahslashadi.
Eslatib o‘tamiz, kecha ayollar o‘rtasida zamonaviy beshkurash bo‘yicha yarim final bellashuvlari yakunlandi. Unda Mehriniso Qahramonova 1384 ochko bilan uchinchi, Samira Abzalova esa 1319 ochko bilan to‘qqizinchi natijani qayd etdi. Shu tariqa, har ikki sportchimiz final bosqichiga yo‘l oldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA