Aholi bandligi va kambag‘allikni qisqartirish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida qabul qilingan hujjatlar mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan seminar tashkil etildi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi hamda viloyat Markaziy bank mas’ullari tomonidan o‘tkazilgan o‘quv seminarida Termiz shahri, Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlari hokim yordamchilari ishtirok etdi.
[gallery-28622]
Seminarda mas’ullar tomonidan hokim yordamchilariga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati, xususan, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish hamda oilalarni barqaror daromad manbai bilan ta’minlashga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Mahallalarda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.
Seminar yakunida hokim yordamchilariga tegishli topshiriqlar berilib, aholi bilan manzilli ishlash, har bir xonadonning daromad manbaini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
O‘quv seminari 3 kun davomida Denov, Sariosiyo, Qumqo‘rg‘on, Angor, Sherobod tumanlari hamda Termiz shahrida o‘tkazilib, unda viloyatning barcha tumanlaridan jami 723 nafar hokim yordamchilari ishtirok etdi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA