17-aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 17-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, biroz yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 9-11, kunduzi 14-16 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan sekundiga 9-14 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 6-11, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 6-11, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 6-11, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. G‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Baland tog‘li hududlarda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Sel kelishi xavfi bor. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
16-17-aprel kunlari respublikamizning ko‘pchilik joylarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Baland tog‘li joylarda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20, ayrim joylarda 25-28 metrgacha kuchayadi.
16-17-aprel kunlari kunduzi havo harorati 13-16 darajagacha iliqgacha pasayadi.
Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.
O‘zA