16-aprel kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 16-aprel kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekkndiga 12-14 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi 9-11, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20, ayrim joylarda 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20, ba’zi joylarda 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20, ayrim joylarda 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 8-13, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekunliga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi. Kechasi 8-13, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi 15-20, ayrim joylarda chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 25-28 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 16-21 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20, ba’zi joylarda chang-to‘zonlari bilan sekundiga 25 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Baland tog‘li hududlarda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi, tuman tushishi mumkin. Sel kelishi xavfi bor. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Harorat kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
15-17-aprel kunlari respublikamiz hududiga nam va salqin havo massalari kirib keladi. O‘zbekistonning ko‘pchilik viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi. Baland tog‘li joylarda yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20, ayrim joylarda 25-28 metrgacha kuchayishi kutilmoqda.
15-17-aprel kunlari respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.15-17-aprel kunlari kunduzi havo harorati 13-16 daraja iliqgacha pasayadi.
O‘zA