1-may kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 1-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechqurun qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi sekundiga 10-12 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi 17-19, kunduzi 28-30 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 12-17, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi 15-20, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi 15-20, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi chang-to‘zonlari bilan birga sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi 17-22, kunduzi 24-29 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel kelishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
1-4-may kunlari respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida sel kelishi xavfi bor.
O‘zA