Zamonaviy pedagogik andozalar asosida
Nukus politexnika kasb-hunar kollejida tikuv va tikuv-trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish texnik-texnologi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik-mexanik, komputer va komputer tizimlarini sozlash va ta’mirlash texnigi, payvandlash uskunalari mexanigi kabi yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlanadi.
Nukus politexnika kasb-hunar kollejida tikuv va tikuv-trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish texnik-texnologi, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik-mexanik, komputer va komputer tizimlarini sozlash va ta’mirlash texnigi, payvandlash uskunalari mexanigi kabi yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlanadi.Qariyb 860 o‘quvchi tahsil olayotgan ta’lim dargohida o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni zamonaviy ta’lim andozalariga muvofiq tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Barcha fan xonalari, laboratoriya, boy kitob fondiga ega axborot-resurs markazi zarur jihoz va texnik vositalar bilan ta’minlangan. Bo‘lg‘usi mutaxassislar kollej ustaxonalarida, hamkor tashkilot va korxonalarda nazariy bilimini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlamoqda.