Yoshlar salohiyati xalqaro maydonda namoyon bo‘lmoqda
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizda yoshlar ta’limi, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan.
Bu borada Prezident maktablari tizimi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, Andijon shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilarga xalqaro standartlar asosida chuqur bilim berish, ularning tahliliy fikrlashi va innovatsion yondashuvini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Mazkur ta’lim muassasasi o‘quvchilari axborot texnologiyalari sohasida respublika miqyosida o‘tkazilayotgan tanlovlarda faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishmoqda. Bunday tanlovlar yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini namoyon etish, ijodiy salohiyatini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.
[gallery-28772]
Shuningdek, o‘quvchilar xalqaro oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinib, turli grant dasturlarini qo‘lga kiritmoqda. Ayrim yoshlarning dunyoning yetakchi universitetlariga to‘liq moliyaviy ta’minot asosida qabul qilinayotgani ta’lim sifati yuksakligidan dalolat beradi.
Xalqaro baholash tizimlarida, jumladan, SAT imtihonlarida yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilayotgani ham o‘quvchilarning puxta tayyorgarligini ko‘rsatadi.
Andijon Prezident maktabi o‘quvchilarining erishayotgan yutuqlari ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini yaqqol namoyon etmoqda.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA