Yosh pedagoglar kasbiy sinovdan o‘tmoqda (+video)
Termiz shahridagi 26-umumta’lim maktabida pedagogik faoliyatini yangi boshlagan oliy ma’lumotli mutaxassis stajyor o‘qituvchilar uchun kasbiy sertifikatlash nazorat sinov jarayonlari o‘tkazilmoqda.
Sinov jarayonlarini sifatli va shaffof tashkil etish uchun zarur barcha sharoit yaratilgan. Zamonaviy kompyuterlar va uzluksiz internet tezligi bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Jami 1 ming 394 nafar surxondaryolik yosh pedagog sinovda ishtirok etish uchun o‘z arizasini yuborgan. Shundan 753 nafar pedagogning murojaati tegishli nizom talablari asosida qabul qilinib, test sinovlarida qatnashmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/El2x6nBV7BY" title="Yosh pedagoglar kasbiy sinovdan oʻtmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat+video), O‘zA