“Yashil makon” umummilliy loyihasi – amalda
FOTOREPORTAJ
Sirdaryo viloyati Guliston shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur loyiha atrof-muhitni muhofaza qilish, kelajak avlod uchun sog‘lom ekologik muhitni shakllantirishga qaratilgan muhim tashabbus sifatida e’tirof etilmoqda.
Ta’kidlanganidek, qisqa vaqt ichida respublikada yashil hududlar ulushi 8 foizdan 14,2 foizga oshdi. Bu esa amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini ko‘rsatadi.
[gallery-28591]
Guliston shahrida ushbu loyiha doirasida salmoqli ishlar bajarildi. Jumladan, shahardan o‘tuvchi “Do‘stlik” kanali atrofidagi qariyb 5 gektar maydonda 2500 tupdan ortiq manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekiladi.
Tadbirda mahalliy aholi, yoshlar, shuningdek, tashkilot va muassasalar vakillari faol ishtirok etdi. Bu kabi tashabbuslar jamiyatda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Umid OBIDJONOV(surat),O‘zA