Xitoy razvedka idoralari sensorli “josus toshbaqalar”dan ogohlantirmoqda
Xitoy Davlat xavfsizlik vazirligi xorijiy razvedka idoralari mamlakatda maxfiy dengiz ma’lumoti to‘plash uchun yangi turdagi qurilmadan foydalanayotgani haqida ogohlantirdi. Bunday moslamalar sifatida akustik sensor bilan jihozlangan okean jonzoti, to‘lqinli planer va dengiz xizmati tarzida targ‘ib qilingan dengiz elektron uskunasi sanab o‘tilgan.
Bir holatda sensorli tirik dengiz hayvoni “josus toshbaqa va baliq”qa aylangani fosh qilingan. Jonivorlar dengiz muhiti haqida to‘plangan maxfiy ma’lumotini real vaqt rejimida sun’iy yo‘ldosh orqali chet elga uzatgan.
Vazirlik bunday axborot sizib chiqishi XXR hududiy, harbiy va iqtisodiy xavfsizligiga tahdid solishini ta’kidladi va fuqarolarni shubhali qurilmalar to‘g‘risida xabar berishga chaqirdi.
S.Rahimov, O‘zA