“Vazir va yoshlar“ uchrashuvlari davom etmoqda
Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Vazir va yoshlar“ uchrashuvlari doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv “Yoshlar forumi” tadbirlari doirasida tashkil etilib, unda 300 dan ortiq yoshlar, talabalar va ilmiy izlanuvchilar ishtirok etdi.
Ochiq va samimiy o‘tgan uchrashuvda vazir yoshlarning bilim olishi, ilmiy tadqiqotlari va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga to‘xtalib o‘tdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, taklif va tashabbuslarini ilgari surish imkoniga ega bo‘ldi.
Tadbir yakunida yoshlarning takliflari asosida amaliy yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Mazkur uchrashuv yoshlarning ilm-fan va innovatsiya yo‘nalishidagi salohiyatini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA