Transport prokuraturasi qo‘pol qonunbuzilish holatlari yuzasidan 50 jinoyat ishi qo‘zg‘atgan
O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi organlarining 2024 yil birinchi yarmidagi faoliyati natijalariga bag‘ishlangan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda qonun ustuvorligini ta’minlash, inson, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
Tahliliy va tanqidiy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda Transport prokurori I.Narimov ma’ruza qilib, amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarga birma-bir to‘xtalib o‘tdi.

O‘tgan davr mobaynida 2 ming 452 prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanilib, qariyb 1,1 nafar shaxsning buzilgan huquqlari amalda tiklangan.
Tekshirishlar va tergov ishlari davomida 52 milliard so‘mdan ortiq zarar undirilgan, qo‘pol qonunbuzilish holatlari yuzasidan 50 jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Yig‘ilishda transport xavfsizlikni ta’minlash, qurilish sohasida sifat va muddatlarga rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha aniq va muddatli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Hay’at majlisida ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.
N.Abduraimova, O‘zA