Tramplinchilarimiz Osiyo chempionatida 8 ta medal jamg‘ardi
Hong Kongda tramplin sport turi bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, jami 2 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Jumladan, musobaqaning yakka sakrash yo‘nalishida Jahongir Bahodirov, sinxron sakrash bahslarida Diana Smirnova va Svetlana Kasparyan juftligi shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

Kumush medal esa yakka sakrash yo‘nalishida Ahrorbek Yusupov tomonidan qo‘lga kiritildi. Bronza medallariga kelsak, yakka sakrash dasturida Muhammadjon Ergashaliyev, Svetlana Kasparyan, Firdavs Ibragimov va Lola Ahmedova shohsupaga ko‘tarildi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatini yuqori natijalar bilan yakunlab, qit’adagi yetakchi jamoalar qatorida ekanini yana bir bor namoyon etdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA