Termizda «Jadidlar izidan» tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida jadid ma’rifatparvarlarining hayoti, ijodi va ma’naviy merosini yosh avlodga keng tanishtirishga qaratilgan «Jadidlar izidan» respublika tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda shahardagi 26 ta umumta’lim maktabidan 52 nafar o‘quvchi ishtirok etib, jadidchilik harakati tarixi, uning namoyandalari hayoti va ijodi, milliy uyg‘onish davridagi ma’rifiy islohotlar yuzasidan bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.
Bellashuv davomida o‘quvchilar jadid ma’rifatparvarlarining xalqni ilm-ma’rifatga chorlash, zamonaviy ta’limni rivojlantirish va milliy tafakkurni yuksaltirish yo‘lidagi faoliyatiga oid savollarga javob berdi.
Tanlov yoshlarning jadidlar merosi haqidagi bilimlarini mustahkamlash, tarixiy tafakkurini rivojlantirish hamda ularni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
[gallery-32143]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA