Taekvondo WT: Seul turniri yozgi Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik vazifasini o‘tadi
Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasida G1 toifasida o‘tkazilgan “Kim Un Yong Cup” xalqaro musobaqasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari 3 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza, jami 12 ta medalni qo‘lga kiritdi.
Mazkur xalqaro turnirda mahoratli taekvondochilarimizdan Jahongir Xudoyberdiyev (-54), Jasurbek Jaysunov (-80), Ozoda Sobirjonova (-67) oltin, Asadbek Samandarov (-58) va Yodgorbek Jo‘raboyev (-80) kumush, Nazarali Nazarov (-63), Ayubxon Nabiyev (-68), Laylo Hasanova (-53), Madina Mirabzalova (-57), Shabbona Abduvaliyeva (-57), Mohidil O‘ktamjonova (-62) va Iroda Mirtojiyeva (+73) bronza medallariga ega chiqdi.
Umumjamoa hisobida O‘zbekiston taekvondochilari xalqaro turnirni 2-o‘rinda yakunlagan bo‘lsa, birinchi o‘rin Janubiy Koreya jamoasiga, 3-o‘rin Avstraliya taekvondochilariga nasib etdi.
Yana bir o‘ziga xos jihat, Seul musobaqalari orqali yurtimiz taekvondochilari joriy yilning 19-sentabr-4-oktabr kunlari Yaponiyada o‘tadigan yozgi Osiyo o‘yinlaridagi ehtimoliy raqiblarini yaqindan tanib olish imkonini taqdim etdi.
Eslatib o‘tamiz, "Kim Un Yong Cup" xalqaro turnirning ikki kun muqaddam yoshlar musobaqasida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zolari 4 ta oltin, 3 ta bronza medalga sazovor bo‘lgandi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA