Tadbirkor yoshlar bilan uchrashdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida “Xalq bilan birga” loyihasi doirasida “To‘rtdevor” mahalla fuqarolar yig‘inida “Yangi O‘zbekiston raqobatbardosh mahsulotlar yurti” mavzusida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengashi deputati A.Bayriyeva, tuman Kengashi deputati D.Sharipova hamda tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida mebel ishlab chiqaruvchi yosh tadbirkor Oxunjon Sharipbayevning ish faoliyati bilan tanishilib, mahsulot sifati, ishlab chiqarish jarayoni va kelgusi rejalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda mahalliy mahsulotlarni xalqaro standartlarga mos ishlab chiqarish, tadbirkorlar uchun trening va maslahatlar tashkil etish, eksportni qo‘llab-quvvatlash, sanoat zonalari va klasterlarni rivojlantirish hamda “Made in Uzbekistan” brendini targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirkor bilan uchrashuv ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.