Tadbikorlar uchun ochiq muloqot (+video)
“O‘zeltexsanoat” uyushmasi tashabbusi bilan elektrotexnika sanoati korxonalari rahbarlari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. “20-avgust — Tadbirkorlar kuni” oldidan tashkil etilgan tadbirga soha vakillarining murojaatlari, muammolari va takliflari tinglandi. Maqsad masalalarni tizimli o‘rganish va ularni vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikda hal qilishdan iboratdir.
Ochiq muloqotda “O‘zeltexsanoat”uyushmasi rahbariyati, Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi, Energiya samaradorligi milliy agentligi hamda qator davlat muassasalari, tegishli tizim tashkilotlari vakillari va tadbirkorlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida soha korxonalari uchun dolzarb bo‘lgan davlat xaridlari tizimida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilar ulushini oshirish, sanoat kooperatsiyasi aloqalarini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
- Faoliyatimizni 2020-yil boshlaganmiz,- deydi korxona rahbari Alisher Xo‘jamberdiyev. – Kompyuter mahsulotlari: monoblok, shaxsiy kompyuter va planshetlar ishlab chiqaramiz. Hozirda XXR va Yaponiya bilan birgalikda eng zamonaviy asbob-uskunalarni olib kelishni yo‘lga qo‘yganmiz. Bugungi ochiq muloqotda ishlab chiqarish korxonasida sertifikatlash masalalarini ko‘tarib chiqdik va ishlab chiqargan mahsulotlarimizni sotish bo‘yicha takliflar berdik.
Ko‘tarilgan muammolar mas’ul tashkilot vakillari ishtirokida muhokama qilinib, ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi.
Bildirilgan taklif va murojaatlar umumlashtiriladi va kelgusida hal qilish uchun tegishli vazirlik va idoralarga kiritiladi yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tadigan VI ochiq muloqotida kun tartibiga qo‘yiladi va takliflar paketini shakllantirishda inobatga olinadi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/F_ljXtsxMtk" title="Tadbikorlar uchun ochiq muloqot" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Oybek Davronov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA